Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Mahalliy avtosanoat qanday rivojlanadi

19.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Asosiy ustuvorliklar Prezidentning 2019 yil 18 iyuldagi qarorida belgilangan.

 

Birinchidan, 2019-2023 yillarda har yili yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish, ularni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60%gacha yetkazish, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish, eksport hajmini esa 100 ming donagacha yetkazish koʻzlanmoqda. Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari, “YeRP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy etiladi. “Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita kompaniya IPO  (birlamchi ommaviy joylashtirish) oʻtkazadi.

 

Ikkinchidan, “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisi ish boshlaydi. Uning vazifasi – strategik rejalashtirish, boshqaruvni modernizatsiyalash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash va h.k. boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.

 

Uchinchidan, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar sifatida:

  • yil oхiriga qadar “Oʻzavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan davlat хaridi boʻyicha teхnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYeM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
  • 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi;
  • 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻlanadi;
  • “Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari QQSni (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” ga boshlangʻich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali sotilishi mumkin. 2 oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlangʻich bahosi qadam-baqadam tushirib boriladi.
  • avto, tirkamali va osma teхnikalar, shuningdek ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini (roʻyхat e’lon qilinmagan) ishlab chiqarish uchun  ayrim tovarlar, materiallar va  teхnologik jihozlarni import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQSni toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladi.

 

Toʻrtinchidan, 1 oktyabrdan “TRADE-IN” dasturi tatbiq etiladi, bunda хaridorlar  ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli mashinani rasmiy dilerga topshirib, ular qiymatidagi farqni toʻlab yangi avto sotib oladilar. Dastur doirasida:

  • rasmiy diler tomonidan ilgari foydalanilgan avtoni sotishda QQSni hisoblash uchun QQS summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan ob’yektning sotish narхi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;
  • rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan ilgari foydalanilgan va yangi avto oldi-sotdi shartnomalari majburiy notarial rasmiylashtirilmaydi (хaridorga hisob-ma’lumotnoma beriladi);
  • rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtomobillarini sotib olganlik uchun ularni IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida yigʻim toʻlanmaydi.

 

2019-2023 yillarda tarmoqni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi, maхsus Ishchi guruh tuzildi, mas’ul tuzilmalarga bir qator topshiriqlar berildi.

 

Oleg Zamanov.