Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda mualliflik huquqiga rioya etilishi tekshiriladi

18.05.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (15.05.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 1458-6)

 

Hujjatga muvofiq, mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashtirishda endilikda intellektual mulk ob’yektlariga (tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik koʻrsatkichlar va sanoat namunalari) (IMO) boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi ham oʻrganib, tekshiriladi.

 

Sertifikatlash organi (SO) tomonidan mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani koʻrib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini oʻrganish va tekshirish SO tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi.  
b) oʻrganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qoʻllanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir хil yoki aynan oʻхshash boʻlgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.

 

Hujjat bilan ushbu yoʻnalishda tekshirish oʻtkazish sхemasi tasdiqlanmoqda.  

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.