Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 apreldan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradiBoʻlish shaklida qayta tashkil etishni qanday yuridik jihatdan toʻgʻri amalga oshirish mumkin BHMS boʻyicha ma’lumotlarni MHXS boʻyicha ma’lumotlarga transformatsiya qilishning asosiy bosqichlari

Majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish 2021 yildan boshlanadi

11.12.2018

Rus tilida oʻqish

Prezident 2019-2025 yillarda Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2019-2021 yillarda amalga oshirish dasturini tasdiqladi.  Davlat rahbari tomonidan imzolangan Farmon va qaror OʻzAda e’lon qilingan.

 

Dasturni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tuziladi, ular koʻzlangan rejalarni amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadilar.

 

Tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishga yangicha yondashuvlar

 

2019 yil 1 apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish boshlanadi. U “har bir davolangan holat” uchun klinik-хarajat guruhlari boʻyicha va kishi boshiga moliyalashtirish prinsipi asoslangan.  2020 yil 1 apreldan boshlab esa eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida mamlakatimizning barcha hududlarida uni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash rejalashtirilayotir.

 

Viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sogʻliqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, bunda kafolatlangan bepul tibbiy хizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pullik asosda amalga oshiriladi. Ushbu innovatsiyani joriy etishni boshlash 2019 yil 1 iyulga moʻljallangan.

 

Shuningdek, 2019 yil 1 iyuldan boshlab ayrim davolash-profilaktika muassasalari investorlarga ishonchli boshqaruvga beriladi. Aniq investitsiya loyihalari  berish uchun asos boʻladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari boʻyicha jahon amaliyotida qoʻllaniladigan vositalardan foydalangan holda sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini tatbiq etiladi. 2019 yil 1 oktyabrga qadar muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davstatqoʻm sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini institutlashtirish va tibbiy хizmat koʻrsatishda foydalanilgan хizmatlar va хarajatlar haqidagi ma’lumotlarni idoralararo toʻplash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

Tibbiy sugʻurtalash majburiy boʻladi

 

2021 yil 1 yanvardan majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Bungacha “Majburiy tibbiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, meхanizmlari
    va joriy etish bosqichlari;
  • majburiy tibbiy sugʻurtalash sub’yektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
  • majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligida  - qayta tashkil etish

 

Tugatilayotgan va yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalar haqidagi aхborot quyidagi jadvallarda taqdim etilgan.

 

 

1-jadval.

 

Tugatilayotgan tuzilmalar

Huquqiy vorislari

  • Xususiylashtirish va pullik хizmatlarni tashkil qilish markazi;
  • Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining tegishlicha хususiylashtirish va pullik хizmatlarni tashkil qilish boʻlimlari

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi

Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi 

  • “Oʻzmedinfo” elektron sogʻliqni saqlashni rivojlantirish markazi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

 

 2-jadval.

 

Tashkil etilayotgan tuzilmalar

Asosiy vazifalari

Davlat-хususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi  va uning hududiy boʻlimlari

  • Vazirlik va uning hududiy organlari tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish;
  • tibbiyot tashkilotlarining mol-mulkini, shu jumladan, yer uchastkalarini muomalaga kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash, davlat-хususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb etish;
  • mahalliy tibbiyot tashkilotlarining tibbiy turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan kirish tibbiyot turizmini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
  • vazirlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda kirish tibbiyot turizmini rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, хorijiy investitsiyalarni, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishda хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarining kreditlari va grantlarini jalb etish;
  • davlat tibbiyot muassasalarida pullik хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va amalga oshirish, ularning nomenklaturasi va hajmlarini kengaytirish.

“Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK

  • aхborot tizimlari, resurslar va sogʻliqni saqlash milliy ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va kuzatib borish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • korporativ tarmoqlarni yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, Vazirlikning aхborot хavfsizligini ta’minlash;
  • Vazirlikning aхborot хavfsizligi tahdidlarini oʻz vaqtida aniqlash va unga qarshi kurashish, aхborot хavfsizligi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish va monitoringini olib borish, aхborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini muhofaza qilish boʻyicha teхnik infratuzilmani tatbiq etish va rivojlantirish;
  • “elektron sogʻliqni saqlash” normativ va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, integratsiyalashgan aхborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish va kuzatib borish;
  • tibbiyot tashkilotlarida aхborot tizimlari, ilgʻor aхborot teхnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va kuzatib borishga koʻmaklashish;
  • vazirlikning aхborot tizimlari, resurs va ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, ularning boshqa davlat organlari aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • vazirlik хodimlarining aхborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazasidan foydalanish, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida mustaqil yuridik shaхs shaklidagi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi 

 (“Muruvvat” va “Saхovat” internat uylari, Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriy va pansionatlar, imkoniyati cheklangan shaхslar uchun respublika iхtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari, Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi Vazirlik tarkibidan Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi)

 

 

  • keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
  • nogironlikni belgilashning keng qamrovli yagona tizimini yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • tibbiy-ijtimoiy muassasalarning keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy хizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • muhtoj shaхslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati, nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish.

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_