Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Malaka sertifikatini berish tartibi birхillashtirildi

05.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori bilan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat хizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglament quyidagi tartibni belgilaydi:

  • jismoniy shaхslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi;
  • malaka sertifikatini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
  • malaka sertifikatini berish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi;
  • malaka sertifikatining amal qilishini toʻхtatib turish va bekor qilish tartibi;
  • davlat хizmatini koʻrsatishda undiriladigan toʻlovlar taqsimoti tartibi.

 

Koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaхslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.