Vazirlar Mahkamasining 18.01.2019 yildagi 47-son qarori bilan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (bundan keyin – YaTS) oʻzgartirishlar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, mehnat haqining eng kam miqdori (bundan keyin – MHEKM) Mehnat kodeksining 155-moddasiga muvofiq belgilanadi. Unda koʻrsatilishicha, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini toʻliq bajargan хodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida YaTSning birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlishi mumkin emas.
Mamlakatimiz Prezidentining tegishli qarorlari bilan belgilanadigan eng kam ish haqi miqdori YaTSga asos qilib olingan. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 noyabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 202 730 soʻmni tashkil etadi.
Bunda oʻtgan yil oktyabrda davlatimiz rahbari YaTSning quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini oʻrtacha 10%ga, shu jumladan, 1-razryad boʻyicha 15%ga, 2-razryad boʻyicha 10%ga va 3-razryad boʻyicha 5%ga oshirish orqali mehnatiga kam haq toʻlanadigan хodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini koʻzda tutgan holda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqishni topshirgan (13.10.2018 yildagi PF–5553-son Farmonga qarang).
YaTSning tarif koeffitsiyentlari oʻzgartirilganini hisobga olgan holda, endi respublikamizda MHEKM 577 172,31 soʻmni tashkil etadi.
Batafsil - buxgalter.uz saytida.