Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Mehrli maktab"ning filiallari tashkil etiladi

31.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023 yildagi “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 134-son qarori qabul qilindi.

 

"Mehrli maktab" davlat ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 maydagi 234-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028 yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

 

Har yili filiallar kamida 3 ta hududda ochiladi.

 

Filiallarning asosiy maqsadi – davolanishda boʻlgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.

 

“Mehrli maktab”da maktab direktorining filiallar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, хodimlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun esa –kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimlari joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.