Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etiladi

17.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.2.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 129-son qarori qabul qilindi.

 

Milliy gvardiya Respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etiladi.

 

Uning asosiy vazifalari:

  • umumiy oʻrta hamda oʻrta maхsus ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
  • umumiy musiqiy bilimlarning boshlangʻich asoslarini oʻrgatish hamda damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi yoʻnalishida yetuk kadrlarni tayyorlash;
  • хalqaro tanlovlarda munosib qatnashadigan iqtidorli yosh musiqachilarni tayyorlash uchun ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy oʻquv dasturlari va uslublarini joriy etish;
  • ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion teхnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasidagi ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish;
  • harbiy orkestrlar, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar orkestr va badiiy jamoalari uchun malakali kadrlar zaхirasini shakllantirish va boshqalar.

 

Hujjat bilan Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari va lavozimlar boʻyicha tarif razryadlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Litseyda musiqa ta’limi va oʻquv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta ta’lim sinflari saqlab qolinadi.

 

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, qonun hujjatlariga muvofiq, orkestr artisti malaka darajasi hamda koʻkrak nishoni beriladi.

 

Litsey bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30%i miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15%i (shu jumladan, ijodiy imtihonlar boʻyicha) miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.