Prezidentning 28.06.2021 yildagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-5165-son qarori qabul qilindi.
U bilan Oʻzbekiston Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. U Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning 2021 yil 30 martda Toshkent shahriga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Bitim savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq хoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, turizm va atrof muhitni muhofaza qilish sohalarida, shuningdek oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
TIVga Oʻzbekiston tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani Vengriya tomoniga yuborish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.