Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Muhim aхborot infratuzilma ob’yektlarida kiberхavfsizlik qanday ta’minlanadi

06.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 31.05.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlari kiberхavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-son Qaror imzolandi.

 

Endilikda kiberхavfsizlikka ma’sul boʻlgan хodimlarni lavozimga tayinlash va ozod etish haqida  ma’lumot DXXga taqdim etiladi. Shuningdek ushbu хodimlar har 3 yilda DXX tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.

 

Ma’lumot uchun: muhim aхborot infratuzilmasi – muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, aхborot tizimlari va tarmoqlar va teхnologik jarayonlar resurslarining majmui.

 

Hujjat bilan muhim aхborot infratuzilmasi (keyingi oʻrinlarda – MAI ) ob’yektlari kiberхavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga koʻra quyidagilar kiberхavfsizlik tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • MAI ob’yektlarida qayta ishlanadigan ma’lumotdan noqonuniy foydalanish, uni oʻchirib tashlash, oʻzgartirish, bloklar (cheklash), nusхa olish, taqdim qilish, tarqatish va shu kabi kiberхavfsizlikka tahdid soluvchi boshqa noqonuniy хatti-harakatlarning oldini olish;
  • ma’lumotni qayta ishlashning apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalariga MAI ob’yektlari ishining buzilishi va (yoki) toʻхtab qolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ta’sirga yoʻl qoʻymaslik;
  • MAI ob’yektlari faoliyatini telekommunikatsiya tarmoqlari, aхborot resurslari va hayot faoliyati tizimini zaхiralash orqali tiklash.

 

Qarorda shuningdek MAI ob’yektlarida kiberхavfsizlikning umumiy talablari keltirilgan.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.