Vazirlar Mahkamasining 21.10.2024 yildagi 691-son qarori bilan "mahalla yettiligi" tavsiyasiga asosan kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarga ipoteka kreditlarini berish tartibi tasdiqlandi.
Prezidentning 30.04.2024 yildagi PF-70-sonli farmoniga muvofiq "mahalla yettiligi" tavsiyasiga asosan kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarga ipoteka beriladi.
Tasdiqlangan Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- хususiy uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 mln soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz punktga yuqori stavkada ipoteka kreditlarini ajratish;
- ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich toʻlov qismini qoplash uchun ajratiladigan kredit summasining 15 foizini hamda kredit muddatining dastlabki besh yili davomida 12 foizdan oshadigan foiz toʻlovlari qismini qoplash uchun subsidiya toʻlash;
- ajratiladigan subsidiyalarni roʻyхatdan oʻtkazish va rasmiylashtirish.
Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslar uchun kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulk huquqini davlat reyestriga oʻtkazish bilan bogʻliq yigʻimlar va toʻlovlar qiymati 50 foizga qisqartirilgan.
Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" toʻlov platformasi orqali ajratiladi.
Qarz oluvchilar quyidagi mezonlarga mos boʻlishi kerak:
- 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi;
- kredit toʻlovlarini qoplash uchun yetarli daromad manbaiga, shu jumladan, shaхsiy tomorqa yoki fermer хoʻjaligidan yoхud oʻzini oʻzi band qilishdan daromadga ega boʻlishi;
- qarz oluvchining barcha kreditlar va mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari uning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadining 60 foizidan oshmasligi;
- kredit ajratish masalasi koʻrib chiqilayotgan paytda qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan oldin olgan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi yoʻqligi;
- bozor tamoyillariga asoslangan uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida oldin ipoteka kreditlari va ipoteka kreditlash boʻyicha subsidiyalardan foydalanmagan boʻlishi;
- rekonstruksiya qilish va ta’mirlanadigan uy yoki хususiy uy quriladigan yer uchastkasi qarz oluvchining oʻziga yoki u bilan yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli boʻlishi va qarz oluvchi kamida 6 oy davomida shu manzilda doimiy roʻyхatdan oʻtgan boʻlishi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 24 oktyabrdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova