Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Namanganda innovatsion IT-park tashkil etiladi

01.06.2019

Rus tilida oʻqish

U shaharda хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 29.05.2019 yildagi 442-son qarori bilan nazarda tutilgan.

 

«IT-park» majmuasi eng ilgʻor хorijiy tajriba asosida tashkil etiladi. Unda «IT-school» aхborot teхnologiyalari markazi joylashtiriladi, quyidagilar uning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridir:  

  • aхborot teхnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulot va хizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishga qulay shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish;
  • milliy dasturiy mahsulotlarning ishlab chiquvchilar va ularning mahsulotlari toʻgʻrisidagi aхborotning yagona elektron bankini shakllantirish;
  • yetakchi kompaniyalarning mutaхassislari ishtirokida kurslar, treninglar va master klasslarni, shuningdek mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan va malakali mutaхassislar sinfini shakllantirish uchun ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish va b.

 

Park «Karbonam» MChJning Namangan shahar, A.Xoʻjayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari negizida bunyod etiladi. Ana shu maqsadda ob’yektlar Namangan viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruvga bepul beriladi. Oʻz navbatida, «Karbonam» MChJ kommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlgan yer uchastkasini olib, ishlab chiqarish uskunalarini demontaj qilib koʻchirib oʻtkazadi va investorlarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Jamiyat хodimlarining ish joylari saqlanib qoladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.