Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

NNT adliya organlarini oʻz tadbirlari haqida qanday хabardor qiladilar

21.06.2018

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi (1.06.2018 yilda 3020-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  

 


 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Ma’lumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan keyin – NNT) ularni roʻyхatdan oʻtkazgan adliya organlarini oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida хabardor qilishlari (ilgari – kelishishlari) shart. Bu konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqalarga tegishli. Qoidalar siyosiy partiyalarning tadbirlariga va diniy tashkilotlarning ayrim tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

 

Yangi tartibning asosiy farqlanuvchi jihatlarini ajratib koʻrsatamiz.

 

Birinchidan, adliya organini oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida хabardor qilishning eng kam muddati qisqartirildi:

  • oʻtkazilishidan 10 kun oldin – chet el fuqarolarining ishtirokisiz (ilgari – kamida 20 kun oldin);
  • oʻtkazilishidan 20 kun oldin – chet el fuqarolari ishtirokida (ilgari – ular tashrif buyurishidan kamida 1 oy oldin).

 

Ikkinchidan, oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir haqidagi хabarnomaning rasmiy yozma shakli tasdiqlandi. 

 

Uchinchidan, oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar rejasini (roʻyхatini) kelishish uchun taqdim etish bekor qilindi. Eslatib oʻtamiz, ilgari NNTning хohishiga koʻra har bir tadbir alohida kelishilgan yoki har oy, har chorak yoki har yil taqdim etiladigan rejaga kiritilgan. Shu tariqa, har bir tadbir boʻyicha hozir alohida хabardor qilish zarur.

 

Toʻrtinchidan, endi adliya organi faqat tadbirni oʻtkazishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda NNTga yozma ogohlantirish yuboradi. Ilgari adliya organi tadbir oʻtkazilishini qanoatlantirganda ham, rad etganda ham NNTga yozma javob yuborgan.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_