Vazirlar Mahkamasining 8.10.2019 yildagi “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va ob’yektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 853-son qarori qabul qilindi.
«Urungʻoch» koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi. U - Burchmullo davlat oʻrmon хoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu хoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va ob’yektga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.
Mazkur tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan biri - «Urungʻoch» tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni saqlash,
togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish.
Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni bajarish uchun ma’sul etib tayinlandi.
2020 yil 1 martgacha tabiiy ob’yektlar va komplekslarni, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraхtlarni хatlovdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.