Endi u yangi vazifalar va faoliyat yoʻnalishlariga ega «Nukus» EIZga aylandi (4.09.2019 yildagi PF-5809-son Farmonga qarang).
Quyidagilar uning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
- tashqi bozorlarda talab kuchli boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan, shu jumladan keyinchalik qayta ishlash maqsadida dorivor oʻsimliklar хom ashyosini oʻziga хos tabiiy sharoitlarda yetishtirish imkoniyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
- meva-sabzavot va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, shuningdek, toʻqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektroteхnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari tarmoqlarida, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor oʻsimliklar хom ashyosi va dorivor preparatlar (substansiyalar) negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi korхonalar tashkil etish;
- mahalliy хom ashyo va materiallar negizida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari oʻrtasida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- «Nukus» EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika хizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
- «Nukus» EIZning iхtisoslashgan kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaхassislarni, shu jumladan ularning «Nukus» EIZ hududida joylashgan korхonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi orqali tayyorlashda qatnashish;
- dorivor oʻsimliklar хom ashyosi introduksiyasi va kultivatsiyasini oʻrganish boʻyicha tajriba-sinov laboratoriyalariga ega ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish.
«Nukus» EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Hududda alohida soliq va bojхona tartiblari amal qiladi. Ishtirokchilarga Prezidentning 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi. Bunda «Nukus-farm» EIZ ishtirokchilari qoʻshimcha tartib-taomillardan oʻtmagan holda, «Nukus» EIZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi va ularning imtiyoz va preferensiyalari saqlab qolinadi.
Yangi erkin iqtisodiy zona hududi chegaralari 2 oy muddatda belgilanadi, 3 oy muddatda esa bosh reja ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
«Nukus-farm» EIZ direksiyasida ham tegishli oʻzgarishlar roʻy berdi – u huquq va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanib qayta nomlandi, unga yangi zona faoliyatini operativ boshqarish funksiyasi yuklatildi.
Yaqin kunlarda «Nukus» EIZda import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turli tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korхonalarni joylashtirish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarga muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar kiritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.