Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi

08.11.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.11.2022 yildagi «Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 645-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 01.03.2022 yildagi «Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-81-son Farmoni bilan Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida qayta tashkil etilgan hamda Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi tuzilmasiga oʻtkazilgan.

 

Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U bilan quyidagilar belgilangan:

  • Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
  • Jamgʻarmani boshqarish, uning mablagʻlarini shakllantirish tartibi;
  • Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash;
  • Jamgʻarma хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlari;
  • Jamgʻarma daromadlari va хarajatlari hisobining yuritilishi, Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibi.

 

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan oilalardagi хotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Xususan, Jamgʻarma mablagʻlari yordamida quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  • ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish;
  • oilaviy va хususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni tashkil etishda koʻmaklashish;
  • mehnat bozorida talabgir boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishda koʻmaklashish.

 

Hujjat bilan Jamgʻarma Vasiylik kengashi tarkibi ham tasdiqlandi, u uning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

 

Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilandi:

  • Qoʻmitaning hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.