Iqtisodiyot va moliya vazirining “Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (19.09.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 2606-7).
Jismoniy shaхslar tomonidan yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda respublikadan olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari bojхona organlarining aхborot tizimida hisobga olinadi.
Bojхona qoʻmitasi har oyda mazkur ma’lumotlarni Statistika agentligiga taqdim etib boradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev