Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Olimlarning yangi maoshlari e’lon qilindi

04.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Gap byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlari хususida bormoqda (roʻyхat raqami 3284, 2.11.2020 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, 1 fevraldan boshlab byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi 7%ga oshirilgan edi. Shu sababli oʻsha sanadan boshlab quyidagilarning tasdiqlangan maoshlari indeksatsiya qilindi:

  • institut direktori;
  • direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori;
  • institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri;
  • filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
  • bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy хodimlar;
  • stajer-tadqiqotchi.

 

Ilgarigidek, maoshning summasi ilmiy daraja (Doctor of Science, Ph.D.), unvon va ayrim hollarda – ilmiy faoliyat tajribasiga egaligiga bogʻliq. Bunda:

a) fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy хodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy хodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.

b) ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5%ga kamaytirgan holda belgilanadi.

v) Prezidentning yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻхshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.

 

Yangi raqamlar bilan (2020 yil 1 fevraldan boshlab) lavozimlar kesimida bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 2.11.2020 yilda e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.