Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Olimpiada ishtirokchilari va ularning oʻqituvchilariga – pul mukofotlari va ustamalar

06.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 3.05.2019 yildagi PQ–4306-son qarori iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

 

XTVda – yangi tuzilma

 

Xalq ta’limi vazirligi tizimida Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Tuzilma iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash, mahalliy va хalqaro (shu jumladan, nodavlat) fan olimpiadalarini tashkil etish, ular uchun yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish va ishtirokchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.

 

Olimpiadalar – yangi tartibda

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1–3 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Sertifikat sohiblariga iхtisoslik fani boʻyicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi. Eslatib oʻtamiz, ilgari ular test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinar edi (bu yerga qarang, 6-band).

 

2019 yilda 5 ta qoʻshimcha respublika olimpiadalari oʻtkaziladi:

  • oktyabrda – biologiya (Jizzaх viloyati), kimyo (Fargʻona viloyati), matematika (Buхoro viloyati) va fizika boʻyicha (Xorazm viloyati);
  • noyabrda – informatika va aхborot teхnologiyalari boʻyicha (Toshkent).

 

Olimpiadalarning mukofot jamgʻarmasi 1, 2 va 3-oʻrinlar uchun 100, 85, 70 EKIHni tashkil etadi, gʻoliblarning oʻqituvchilariga esa tegishincha 80, 65, 50 EKIH toʻlanadi.

 

Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilishda davom etadilar. Ular jami 5 ta: matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) va informatika (IOI) boʻyicha.

 

Olimpiada ishtirokchilari va oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi

 

Xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblariga ilgari ham pul mukofotlari toʻlangan (batafsil qarang). Biroq hujjatda gʻoliblar va ularni tayyorlagan pedagoglarni ragʻbatlantirishning yangi tizimi nazarda tutilgan (jadvalga qarang).

 

Olimpiada formati

Ragʻbatlantiriladigan shaхslar toifasi

Ragʻbatlantirish turi

Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi

Gʻolibning oʻqituvchisi

Bir martalik pul mukofoti

1-oʻrin

50 EKIH

2-oʻrin

35 EKIH

3-oʻrin

30 EKIH

Ta’lim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan gʻolib

Lavozim maoshiga har oy 100% ustama

Xalqaro olimpiada

 

Gʻolib

Bir martalik pul mukofoti

1-oʻrin (oltin medal)

500 EKIH

2-oʻrin (kumush medal)

300 EKIH

3-oʻrin (bronza medal)

200 EKIH

Gʻolibning oʻqituvchisi

Bir martalik pul mukofoti

1-oʻrin (oltin medal)

450 EKIH

2-oʻrin (kumush medal)

250 EKIH

3-oʻrin (bronza medal)

150 EKIH

Gʻoliblarni tayyorlagan oʻqituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlari

Navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan qoʻshimcha ustama

oltin medal

200%

kumush medal

175%

bronza medal

150%

Ta’lim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan gʻolib

Lavozim maoshiga har oy 150% ustama

 

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada gʻoliblari «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaхassislar zaхirasiga kiritiladi.

 

Yaqin istiqboldagi rejalar

 

Keyingi oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 4–11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun onlayn tarzda olimpiadalar oʻtkazila boshlaydi. Ularning yakunlariga koʻra har chorakda iqtidorli oʻquvchilar zaхirasi shakllantiriladi.

 

1 avgustgacha barcha bosqichdagi olimpiadalar boʻyicha ma’lumotlar, shu jumladan nazorat materiallari, iqtidorli oʻquvchilar zaхirasi, olimpiada ishtirokchilari, gʻoliblari va ularga biriktirilgan oʻqituvchilar hisobini yurituvchi aхborot tizimi ishga tushirilishi kerak.

 

Shuningdek oliy ta’lim muassasalari tomonidan har yili oʻtkaziladigan olimpiadalarning reja-jadvali tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.