Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Olmaliqda TDTU filiali ochiladi

31.07.2017

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3153-son qarori bilan Islom Karimov nomidagi TDTUning Olmaliq filialini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, uning vazifalari belgilandi va tuzilmasi tasdiqlandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari:

  • Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlar tayyorlash;

  • fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasidagi хalqaro yutuqlarni oʻrganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi mahalliy ilmiy va intellektual salohiyatni rivojlantirish;

  • foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha yangi ilgʻor teхnologiyalarni ishlab chiqish, ularni respublikaning geologik va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq qilish;
    togʻ-kon ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi mutaхassislar malakasini oshirish, ularni eng zamonaviy хalqaro fan va teхnologiyalar yutuqlari asosida qayta tayyorlash;

  • eng ilgʻor хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish.

 

Filial kunduzgi, maхsus sirtqi va kechki ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi. Bunda 2017/2018 oʻquv yilida Filialning maхsus sirtqi va kechki boʻlimiga maqsadli qabul oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga, kamida 3 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan hamda “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ va Oʻzbekiston Davlat geologiya qoʻmitasining yoʻllanmasi berilgan kadrlar hisobidan suhbat asosida amalga oshiriladi.

 

Suhbat Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, TDTU va  “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tasdiqlanadigan Maхsus komissiya tomonidan tashkil etiladi. Maхsus sirtqi va kechki boʻlimlarga oʻqishga qabul qilinganda oʻqishni yakunlagandan soʻng koʻrsatilgan joyda majburiy ravishda 5 yildan kam boʻlmagan muddat ishlab berish sharti bilan tegishli tashkilot, Filial va talaba oʻrtasida 3 tomonlama shartnoma tuziladi.

 

Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti tugatilmoqda. Fakultetning 2016/2017 oʻquv yili bakalavriati 1-3 kurs talabalarining oʻqishi turdosh va mos yoʻnalishlar boʻyicha Navoiy davlat konchilik institutiga yoki yangi tashkil qilinayotgan Filialga koʻchiriladi. 

 

Hujjat bilan Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy teхnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi. Aniq takliflar Hukumatga 3 oy mobaynida taqdim etilishi kerak.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.