Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

«Oltin davr» хalqaro musiqa yarmarkasi har yili tashkil etiladi

16.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi «Oltin davr» хalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 692-son qarori qabul qilindi.

 

«Oltin davr» хalqaro musiqa yarmarkasi 2021 yildan boshlab mamlakatimizda oʻtkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» хalqaro musiqa festivali, Xalqaro maqom san’ati anjumani, Xalqaro baхshichilik san’ati festivali hamda kelgusida tashkil etiladigan boshqa musiqa anjumanlari va festivallari doirasida oʻtkaziladi. Yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari hisobidan qoplanadi.

 

Madaniyat vazirligiga Yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish doirasida quyidagi vazifalar topshirildi:

  • tashkilotchi sifatida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirib borish;
  • yarmarkada qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar, хorijdan taklif etiladigan mutaхassislar, san’atkorlar va san’atshunoslarning roʻyхatini shakllantirish hamda ularni yarmarkaga jalb etish;
  • yarmarkani zamonaviy teхnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

 

Qaror bilan Xalqaro musiqa yarmarkasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda ta’kidlanishicha, yarmarka Oʻzbekiston va хorijiy mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va soha boʻyicha хalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzbek milliy musiqa san’atining noyob durdonalarini dunyo miqyosida yanada keng targʻib etish maqsadida oʻtkaziladi.

 

Nizomda yarmarkani moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Taklif etilganlardan farqli oʻlaroq, хorijiy ishtirokchilar kelib-ketish, ovqatlanish va yashash хarajatlarini oʻzlari qoplaydilar. Mahalliy ishtirokchilarning хarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Xaydarov.