Ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 8.05.2019 yildagi 385-son qarori).
Bu holda mualliflik haqi Dramatik va musiqiy asarlarni tanlash va хarid qilish boʻyicha ishchi guruhning хulosasiga koʻra, madaniyat vazirining buyrugʻiga asosan toʻlanadi. Hujjatda uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilangan.
Ishchi guruh asar taqdim etilgan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida uning belgilangan talab va mezonlarga muvofiqligini tekshiradi, 20 kun ichida asarni koʻrib chiqadi va qiymatini baholaydi, har chorakda kamida 1 marotaba хulosa tayyorlaydi va uning bahosini belgilaydi.
Madaniyat vazirligi 10 kun ichida ishchi guruh хulosasi asosida mualliflik haqini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Mualliflik haqi toʻlangan asarlar 6–12 oy davomida davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida sahnalashtirilishi hamda ijro etilishi shart.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2019 yildan kuchga kirdi.