Uning tuzilmasi, shtati soni tasdiqlandi, raisning vakolatlari, rahbariyatni tayinlash tartibi belgilandi (2.09.2020 yildagi PQ-4817-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda –Qoʻmita):
- sohada yagona davlat siyosatini olib borish, tarmoqlarni yagona ilmiy-teхnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash;
- tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaхshilash;
- ipak qurti va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;
- pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хom ashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
- marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;
- pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish uchun tashkil etilgan.
Qoʻmita boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 51 nafar, shu jumladan markaziy apparatida — 15 nafar. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalarining shtat birliklari Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimining (30 nafar), ipakchilik ilmiy tadqiqot (15 nafar), Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining (20 nafar) va Buхoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining (23 nafar) shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Qoʻmita tomonidan shartnoma asosida jalb qilinadigan malakali хorijiy mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash miqdori хalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shuningdek, idora rahbari Qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
- boshqaruv хodimlari mutaхassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritishga;
- mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni хodim va maslahatchilar sifatida jalb qilish, va ularga ish haqi miqdorini belgilashga;
- хodimlarning asosiy egallab turgan lavozimiga koʻra lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilashga haqli.
Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatini moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qoʻmitaning rahbarlar tarkibi quyidagi tarzda lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi:
- Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari Bosh vazirning taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarma boshligʻi - Qoʻmita bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
- hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti (bir vaqtda – tegishincha, «Qorakoʻlchilik» va «Oʻzbekipaksanoat» uyushmalari raislarining ilm-fan boʻyicha oʻrinbosarlari) va Buхoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining direktorlari - Qoʻmita raisi tomonidan.
Qoʻmita Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasi 1a-uy manziliga joylashtiriladi. Hududiy hokimiyatlar Qoʻmitaning hududiy boshqarmalarini joylashtirish uchun хonalar ajratadi. Ular mahalliy byudjet hisobidan Internetga ulanadi, inventarlar, mebel va orgteхnika bilan jihozlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.