Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Piroteхnikaning qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi

04.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga piroteхnika buyumlarining qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-949-son Qonun imzolandi.

 

MJtKga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, piroteхnika buyumlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda respublikadan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki respublikaga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev