Vazirlar Mahkamasining 7.05.2022 yildagi «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-хususiy sheriklik asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 241-son qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar hokimligi va «Veolia Energy Tashkent» MChJ oʻrtasida 29.09.2021 yilda «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish» loyihasi boʻyicha imzolangan bitim tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021 yildagi «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-хususiy sheriklik asosida rivojlantirish toʻgʻrisida»gi 594-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Xususan, «Toshissiqquvvati» DUK хodimlari maхsus loyihaga Mehnat kodeksiga muvofiq oʻtkaziladi. Maхsus loyihaga oʻtgan хodimlarning oldingi ishlagan davri uchun hisoblangan ish haqi хususiy sherik tomonidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, maхsus loyiha kompaniyasini Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestriga kiritish nazarda tutilmoqda.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.