Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

Qanday ob’yektlar ekspluatatsiyaga qabul qilinmaydi

14.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.02.2025 yildagi «Shaharsozlik faoliyatini geoaхborot bilan ta’minlash meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 85-son qarori qabul qilindi.

 

«Topografiya» ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.Shuningdek 2025 yil 1 iyuldan boshlab:

  • respublika hududida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qurilishi tugallangan barcha ob’yektlarda ijroviy topografik tasvirga olish jarayonlari bajariladi va «Topografiya» ma’lumotlar bazasiga kiritiladi;
  • idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar va korхonalar tomonidan amalga oshirilgan yirik masshtabli topografik tasvirlar va rejalar ma’lumotlar bazasiga kiritiladi;
  • ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan topografik rejalardan foydalanilgan ishchi loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasvirlari mavjud boʻlmagan qurilish va (yoki) rekonstruksiyasi tugallangan ob’yektlar foydalanishga qabul qilinmaydi.

 

Hujjat bilan shuningdek:

  • Shaharsozlik faoliyatini geoaхborot bilan ta’minlash uchun markazlashtirilgan topografik ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish qoidalari;
  • Yirik masshtabli topografik rejalar uchun shartli belgilar klassifikatori tasdiqlanmoqda. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev