Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Qanday oila koʻp bolali hisoblanadi

06.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

5.10.2020 yildagi OʻRQ-640-son Qonun bilan “koʻp bolali oila” atamasining yagona tushunchasi kiritilmoqda, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirilmoqda.

 

Hozirgi vaqtga qadar “koʻp bolali oila” atamasi turli normativ hujjatlarda turlicha talqin qilinardi. Shu tufayli huquqni qoʻllash amaliyotida birхillik mavjud emasdi, ijtimoiy adolat tamoyili buzilardi.

 

Nihoyat, Oila kodeksida yagona tushuncha berildi: toʻrt nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda, agar ulardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida oʻrta maхsus va kasb-hunar yoki oliy ta’lim olsa, oila koʻp oilali maqomni talaba bolalar 22 yoshga toʻlgunga qadar saqlab qoladi.

 

Davlat koʻp bolali oilalarga turli imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi. Xususan:

  • koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda kafolatlar nazarda tutilgan (SKning 68-moddasi), sababi ular mehnat bozorida qolganlar bilan raqobatlashishga qodir emaslar;
  • boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan, tahr.) jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi (SKning 436-moddasi 1-qismi 5-bandi). Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda soliq solish maqsadida 16 yoshga toʻlmagan 5 va undan ortiq bolalari boʻlgan oila koʻp bolali oila deb e’tirof etiladi - yil yakuniga shunday qoladi. Biroq 2021 yildan boshlab koʻp oilalik maqomi Oila kodeksida belgilangan yangi mezonlar boʻyicha aniqlanadi. Imtiyozlarni ilgarigidek Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining ma’lumotnomasi asosida olish mumkin.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 6.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.