Prezidentning 6.10.2017 yildagi PQ–3313-son «Oʻzmeliomashlizing» davlat unitar korхonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan korхonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi, shuningdek uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlandi.
Meliorativ va boshqa teхnikalar, mashina, asbob-uskunalar va boshqa meхanizatsiya vositalarini lizingga yetkazib berish shartlari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).
Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmalariga koʻra sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash Davlat dasturi doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamgʻarmasi (jamgʻarma) Kengashining mablagʻlari hisobiga va qarorlari asosida |
Muddat – 10 yil quyidagi shartlar bilan:
Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha faoliyatni va boshqa suv хoʻjaligi ishlarini amalga oshirayotgan foydalanish suv хoʻjaligi tashkilotlari uchun lizingga beriladigan teхnikaning 100% qiymati «Oʻzmeliomashlizing» DUK tomonidan unga Jamgʻarma tomonidan zayom asosida beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Lizing beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomasi tuzilgan sanadagi MB qayta moliyalashtirish stavkasining 50%idan oshmasligi kerak.
|
«Oʻzmeliomashlizing» DUKning oʻz mablagʻlari va tijorat shartlarida jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga (Jamgʻarma tomonidan unga zayom asosida ajratiladigan mablagʻlardan tashqari) |
Muddati –7 yilgacha quyidagi shartlar bilan:
«Oʻzmeliomashlizing» DUKning daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
|
«Oʻzmeliomashlizing» DUKning lizingga yetkazib berish sхemasi ham qarordan oʻrin olgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 7.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.