Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Qarshi-Kitob” yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezd qoʻyiladi

13.07.2017

 

“Yoʻlovchi poyezdlar tezkor harakatini tashkil etgan holda “Qarshi-Kitob” temiryoʻl liniyasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish tartibi Prezidentning 10.07.2017 yildagi PQ-3121-son qarorida aks etgan. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

Loyiha 2017-2018 yillar davrida teхnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi. Uning hisob-kitob qiymati – 58 mln.870 ming AQSh dollari.

 

Moliyalashtirishning bir qismi – Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 18,92 mln.dollarlik krediti. U “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 15 yilga, jumladan  2 yillik imtiyozli davr, yillik 2,5% foiz stavkasi, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bank (TIF MB) marjasi (0,5%) bilan taqdim qilinadi.

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ – jalb qilinayotgan kreditdan maqsadli foydalanish va loyihani samarali  roʻyobga chiqarish uchun mas’ul ijro etuvchi organ, shuningdek haminvestordir (oʻz mablagʻlaridan 18,58 mln. AQSh dollari).

 

1.01.2019 yil muddatgacha loyihani amalga oshirish doirasida uning barcha ishtirokchilari:

  • belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar, teхnologik hujjatlar, jihozlar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) ;
  • tovarlar, ishlar (хizmatlar), shu jumladan norezidentlar tomonidan bajarilganlari QQSdan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan;
  • “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari oʻrtasida bepul asosda topshiriladigan va qabul qilinadigan mol-mulk qismida foyda soligʻidan ozod qilinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.