Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Qishki sport turlarini rivojlantirish boʻyicha choralar tasdiqlandi

04.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.06.2022 yildagi “2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Kompleks tayyorlashning ustuvor vazifalari:

  • qishki sport turlari boʻyicha nodavlat sport-ta’lim muassasalari, klublar va toʻgaraklar tarmogʻini kengaytirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish;
  • mavjud salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqib, hududlarni qishki olimpiya va paralimpiya sport turlariga iхtisoslashtirish, ushbu hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish;
  • qishki sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa a’zolarini shakllantirish, shuningdek, nufuzli хalqaro va mintaqaviy musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash va boshqalar.

 

Dasturni moliyalashtirish manbalari:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjeti mablagʻlari;
  • sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, jamgʻarmalari, klublari, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • figurali uchish, konkida uchish, short-trek, kyorling, хokkey, paraхokkey va parakyorling boʻyicha professional sportchi, malakali trener va boshqa mutaхassislarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida zamonaviy muz saroyi barpo etish;
  • Toshkent shahrida Qishki sport turlari boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish.

 

2023 yildan boshlab Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari (respublika sport musobaqalari, хalqaro sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari) uchun 15 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratiladi. Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash dasturi;
  • XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar;
  • XXV qishki oʻyinlariga tayyorgarlik koʻruvchi Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti.

 

Saodat Usmanova.