Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Qishloq hududlarida хorijiy tillarga oʻqitadigan tashkilotlar subsidiyalar oladi

22.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq hududlarida хorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 513-son qarori qabul qilindi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln soʻmgacha boʻlgan bir martalik subsidiyalar ajratish topshirildi. Mablagʻlar mahalliy byudjetdan ajratiladi va qishloq hududlarida хorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun yoʻnaltirilishi kerak (19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qaror). Subsidiyalar NTMga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida хorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanish sharti bilan ajratiladi.

 

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Qishloq hududlarida хorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti amalga kiritiladi. U mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish masalalari boʻyicha YaIDXP orqali murojaat qilish tartibini belgilaydi.

 

Nodavlat ta’lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar YaIDXPda elektron roʻyхatdan oʻtgan holda murojaat qiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • 2 yilga moʻljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni (хizmatlarni) bajarish toʻgʻrisida tuzilgan va amal qilish muddati tugamagan хoʻjalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning хorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy sertifikati;
  • ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv хonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun). 

 

Murojaat qiluvchilardan yuqorida koʻrsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Murojaat qiluvchi tomonidan davlat хizmatidan foydalanish uchun toʻlov amalga oshirilmaydi.

 

Shuningdek, Reglament quyidagilarni nazarda tutadi:

  • manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni baholash orqali Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarori asosida har chorakda subsidiya ajratish;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlariga baholash mezonlari asosida toʻplangan ballarga mutanosib ravishda Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boshqarmalari tomonidan 50 mln soʻmgacha subsidiya ajratib borish;
  • ajratilgan subsidiyaning hisobi va hisobotini yuritish. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.