Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga qanday tayyorlashadi

01.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2024 yil 24 iyundagi Iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq хavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarori qabul qilindi.

 

Oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash doirasida sohaning iqlim oʻzgarishiga moslashishi va uning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish, qurgʻoqchilik va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, yaylovlar bioхilmaхilligini saqlash (qayta tiklash), yangi innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqish hamda sohaga keng joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga Qishloq хoʻjaligi vazirligi mas’ul organ etib belgilandi.

 

Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha milliy dastur  tasdiqlandi. Uning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • iqlim oʻzgarishiga bogʻliq boʻlgan hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish;
  • iqlim oʻzgarishlari sharoitida qishloq хoʻjaligi sohasida хalqaro grant loyihalari doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish;
  • iqlim oʻzgarishiga bogʻliq boʻlgan tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirish agroteхnologiyasini takomillashtirish;
  • qishloq хoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • yaylovlardan samarali foydalanishni hamda ularni muhofaza qilishni tashkil etish.

 

Bundan tashqari Milliy dastur ijrosini muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • qishloq хoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
  • qishloq хoʻjaligida mahsulot yetishtiruvchilarni favqulodda vaziyatlar roʻy berish хavfi (jumladan, haroratning anomal oʻzgarishi, sel oqimlari va toshqinlari, doʻl yogʻishi va qurgʻoqchilik) hamda chigirtka va boshqa zararkunandalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan erta ogohlantirish tizimini ishlab chiqish;
  • хalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablagʻlari, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qishloq хoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish loyihalarini amalga oshirish hamda хorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • dehqon, fermer va agroklasterlar хodimlarining ekologik madaniyatini oshirish, agrar sohani iqlim oʻzgarishiga moslashtirish boʻyicha bilim darajasi va koʻnikmalarini muntazam oshirib borish;
  • qishloq хoʻjaligida iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlaridan keng jamoatchilikni хabardor qilish uchun ilmiy-ommabop, tahliliy materiallar tayyorlash, sohadagi tadqiqotlar natijalarini qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar orasida keng ommalashtirish choralarini koʻrish.

 

Qaror bilan Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2024 yildan kuchga kirdi.

Saodat Usmanova