Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017 yildagi 210-son qarori bilan yalangʻoch qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berildi.
31.12.2018 yilgacha yuridik va jismoniy shaхslar yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo koʻrinishida Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish uchun toʻlovlardan (tonnasi uchun 225 AQSh dollari) ozod etildi.
Hujjatning oʻzida koʻrsatilishicha, bu yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yetishtirish va toʻplash, ularni tayyorlash va qayta ishlashni tizimli tashkil etishni yanada tartibga solish, yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo koʻrinishida eksportga yetkazib berishdan manfaatdor boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.