Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qurbon hayiti bayrami 28 iyundan nishonlanadi

20.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.06.2023 yildagi Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida qaror imzolandi. Qurbon hayitining birinchi kuni 28 iyun kuniga toʻgʻri keladi.

 

Prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga muvofiq:

  • barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) –payshanba 29 iyun va juma 30 iyun kunlari;
  • olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun – shanba 1 iyul kuni qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

 

Qarorga asosan, 28 iyun, chorshanba kuni – Qurbon hayiti bayrami. Shu tariqa, oʻzbekistonliklar ketma-ket – chorshanbadan yakshanbagacha dam olishadi.

 

Hujjat mamlakatimiz Prezidentining rasmiy saytida e’lon qilingan va 19.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.