Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga toʻgʻri keldi. Ushbu sana Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston diniy idoralari vakillari uchrashuvi natijalariga binoan belgilangan. Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan 2018 yil 15-17 iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi 3 kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Ramazon oyi 17 maydan boshlangan. Binobarin, bu yil u 29 kun davom etadi. Ramazon oyi tugagandan keyin nishonlanadigan “Ramazon hayiti” (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan ishlanmaydigan kun hisoblanadi.
Samir Latipov.