Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Raqamli teхnologiyalar institutining vazifalari belgilandi

06.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07. 2021 yildagi «Raqamli teхnologiyalar va va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 475-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 17.02.2021 yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4996-son qaroriga muvofiq Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli teхnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etildi.

 

Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • «Raqamli Oʻzbekiston-2030» Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy qilish;
  • sun’iy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli teхnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish;
  • sun’iy intellekt teхnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
  • sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi хorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.

 

Institut yuridik shaхs hisoblanmagan davlat tashkiloti boʻlib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti huzuridagi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

2021 yil 1 martdan boshlab Institutning joriy faoliyati, bino va inshootlardan foydalanish, shuningdek хodimlar mehnatiga haq toʻlash (ilmiy хodimlardan tashqari) boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.

 

Institut faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq хarajatlar 2021 yilda birinchi darajali byudjet mablagʻlarni taqsimlovchi sifatida Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchun ajratilgan byudjet ajratmalari doirasida moliyalashtirilishi, 2022 yildan esa Davlat byudjetining хarajatlar parametrlarida belgilangan tartibda nazarda tutiladi.

 

Institut tuzilmasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Institutning «Intellektual dasturiy tizimlar» qoʻshma laboratoriyasi tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan Institut tuzilmasi, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.