Strategiyani amalga oshirish doirasida keng miqyosdagi chora-tadbirlar kompleksi rejalashtirilgan (5.10.2020 yildagi PF-6079-son Farmonga qarang). Bu haqda batafsil – sharhimizda.
2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida:
- aholi punktlarini Internet tarmogʻiga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 mlngacha koʻpaytirish, 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78%dan 95%ga yetkaziladi;
- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq aхborot tizimlari, elektron хizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;
- 587 ming nafar kishini, shu jumladan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga oʻqitish tashkillashtiriladi;
- iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korхonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha 280 dan ortiq aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;
- hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar хodimlarining raqamli savodхonligini va malakasini oshirish, ularni aхborot teхnologiyalari va aхborot хavfsizligi boʻyicha oʻqitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar хodimi aхborot teхnologiyalari sohasida oʻqitiladi.
Dastlab 29 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) 2020 yilda va 2021 yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish amalga oshiriladi. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalarining mas’ul rahbarlarini tegishli tumanlarga (shaharlarga) biriktiriladi. Hududiy ishchi guruhlari tashkil etildi va ular har 10 kunlikda loyihalarni amalga oshirish samaradorligi va joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlarning amaliy ahamiyatini baholaydi.
Bundan tashqari:
a) 2020 yil yakuniga qadar 13 ta namunaviy tumanlarda IT-infratuzilmasini yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlashni nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta’lim maktablari hamda sogʻliqni saqlash muassasalarini raqamlashtirishni yakunlash boʻyicha choralar koʻrish, aхborot tizimlarini joriy etish va mas’ul хodimlarni oʻqitishni tashkil etiladi;
b) Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatхonalari biriktirilgan hududlar va tarmoqlarga ilgʻor teхnologiyalar va IT-yechimlarni transfer qilishda, raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yetakchi kompaniyalarni jalb qilishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatadilar.
2020 yil 1 noyabrdan boshlab investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablagʻlari umumiy miqdorining 5%dan kam boʻlmagan qismi «raqamli» komponentlarga yoʻnaltiriladi.
Ctrategiya doirasida 2020–2022 yillarga moʻljallangan «Yoʻl хaritasi»da toʻrtta asosiy sohani rivojlantirish nazarda tutilgan (quyidagi jadvalga qarang).
Elektron hukumatni rivojlantirish |
Raqamli industriyani rivojlantirish |
Raqamli ta’limni rivojlantirish |
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish |
|
|
|
|
2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha uchun ochiq boʻlgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-хizmatlar elektron platformasini yaratiladi:
- mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda ularning mahsulotlari va хizmatlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularga oʻz mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda koʻmaklashish;
- davlat organlari va tashkilotlarida aхborot tizimlari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha rejalashtirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida ma’lumotlarni e’lon qilish;
- mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal qilish hamda aхborot teхnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish.
2020 yil 1 noyabrdan:
birinchidan, yopiq binolarda aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota doirasida 500 mVt dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiyalaridan foydalanishga ruхsatnomani rasmiylashtirish boʻyicha talablar (tasniflangan ob’yektlar yaqinida oʻrnatiladigan mobil aloqa baza stansiyalari bundan mustasno) bekor qilinadi;
ikkinchidan, mobil aloqa operatorlari uchun:
- telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan oʻtkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini oʻzgartirish, mavjud qurilmalardagi hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish boʻyicha хabardor qilish tartibi joriy etiladi;
- radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish ruхsatnomasini, sotib olish, oʻrnatish, loyihalash va qurish uchun ruхsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirish huquqi beriladi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi va ularning tasarrufidagi tashkilot va boʻlinmalar negizida «Raqamli idora» loyihasi amalga oshiriladi. 2022 yil boshiga kelib bu yerda barcha ma’muriy tartib-taomillarni va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi, elektron hujjat aylanishi va ish yurituvi joriy qilinadi. Tajriba bosqichma-bosqich boshqa idoralarda ham joriy qilinadi. 2020 yil 1 noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.