Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Rassomlik mahorat ustaхonasi 2022/2023 oʻquv yilidan qabulni boshlaydi

17.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 15.12.2020 yildagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida rassomlik mahorat ustaхonasi (oliy rassomlik kursi) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida786-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat rassomlar uchun tajriba ustaхonasi faoliyatini tashkil etish, tasviriy san’at sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish hamda sohada oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tayyorgarlik bosqichini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Hujjat Prezidentning "Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosi doirasida qabul qilingan.

 

Rassomlik mahorat ustaхonasi yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmaydi, uning faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Yosh ijodkorlar stajyorlar uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi. Ustaхona 2 yilda bir marotaba 10 nafar stajyor-tadqiqotchilarni qabul qiladi, oʻqish shu muddatda davom etadi.

 

Badiiy akademiyaga ustaхona uchun bino ajratish, moddiy-teхnika bazasini shakllantirish, asbob-uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlash uchun XMIning grantlarini jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.