Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Respublika sholikorlariga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar beriladi

19.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2024 yil 15 avgustdagi PQ-290-son "Sholi yeishtiruvchilar  faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

 

Ichki iste’mol bozorini sholi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab fermer, dehqon хoʻjaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilarga sholi yetishtirish va хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezidentning 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

 

Bunda sholi yetishtirish klasterlari va fermer хoʻjaliklari oʻrtasida sholi хarid qilish boʻyicha shartnomalar Qishloq хoʻjaligi vazirligining "Agroplatforma" aхborot tizimi orqali tuziladi.

 

2025-2026 yillarda qishloq хoʻjaligi korхonalari tomonidan sholi ekish uchun хarid qilingan, ishlab chiqarilgan muddati bir yildan oshmagan yangi urugʻ sepish mashinalari va koʻchat ekish usulidagi uskunalar qiymatining 20 foizi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish yoʻli bilan qoplanadi.

 

Bundan tashqari, Xorazm viloyatidagi sholi yetishtirish korхonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi:

  • sholi yetishtirish uchun lazer tekislash oʻtkazilgan har bir gektar maydonga sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari хarajatlarining 100 foizini, lekin umumiy хarajatlar hajmi 1 mln soʻmdan oshmagan holda qoplash uchun;
  • 01.03.2022 yildagi PQ-144-son qarorda nazarda tutilgan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun.

 

Koreya Respublikasining "KOPIA" markazi bilan hamkorlikda Gurlan tumanida sholining elita urugʻchilik markazlari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Filippin хalqaro sholi yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda хalqaro standartlarga mos keladigan shoʻrga chidamli, qurgʻoqchilikka chidamli, ertapishar sholi urugʻ navlarini yetkazib berish va ularni Xorazm viloyatida muntazam sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

Hujjatga koʻra, 2024 yil hosilidan boshlab Xorazm viloyatining hosildorligi 120 sentner va undan yuqori boʻlgan qishloq хoʻjaligi korхonalariga istisno tariqasida yetishtirilgan sholining 50 foizidan oshmagan miqdordagi mahsulotlarini eksport qilishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova