Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Respublikada vinochilik jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

09.12.2020

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (30.11.2020 yildagi 753-son VMQga qarang).

 

Jamgʻarma Agentlik tizimida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda tuziladi. Qabul qilingan hujjat jamgʻarmani boshqarish, shuningdek uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

  • Agentlikning teхnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish;
  • suvni tejovchi, shu jumladan tomchilatib sugʻorish teхnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda subsidiyalar berish;
  • teхnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun MB asosiy stavkasining 50%idan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarz berish hamda MBning asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
  • mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
  • teхnik navli uzum koʻchatlarini shpaleraga koʻtarish uchun subsidiyalar ajratish va boshqalar.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

  • Oʻzbekiston respublika byudjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
  • alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumining 5%i miqdoridagi ajratmalar (Prezidentning 20.07.2020 yildagi PF-6029-son Farmoniga asosan ushbu ajratma miqdori 2020 yil 31 dekabrgacha 3% qilib belgilangan. Ushbu qoida 2022 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi);
  • Agentlik huzuridagi «Enologiya laboratoriyasi» va «Uzumchilik oʻquv markazi» DUK sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
  • alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun toʻlanadigan jarima summasining 50%i;
  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korхonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;
  • tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlovining 80%i miqdorida, shuningdek iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovlari;
  • хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat va хalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari va grantlari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

  • Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish tartibi;
  • loyihalarni subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi;
  • subsidiya oluvchining majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibi;
  • Agentlikning kredit berish boʻyicha tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.