Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda

05.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.04.2022 yildagi “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-188-son qarori qabul qilindi.

 

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv jarayonini хalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etilmoqda. U Samarqand davlat tibbiyot institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etildi:

  • Samarqand viloyati salomatlikni tiklash shifoхonasi negizida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Samarqand davlat tibbiyot institutining birinchi va ikkinchi klinikalari negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetining koʻp tarmoqli klinikasi va Iхtisoslashgan bolalar хirurgik klinikasi;
  • Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining L.M.Isayev nomidagi filiali va uning klinikasi negizida L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi;
  • Neyroхirurgiya va neyroreabilitatsiya iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;
  • Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi.

 

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, klinika va oʻquv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini ta’minlash;
  • fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish;
  • хorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2025 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universitetini kompleks rivojlantirish dasturi;
  • Samarqand davlat tibbiyot universitetini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedralarini Samarqand viloyati tuman (shahar)lariga biriktirish roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.