Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Sanoat namunasiga patent berish qoidalari belgilandi

18.01.2024

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi (11.01.2024 y. 3490-son).

 

Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:

  • sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish tartibi;
  • talabnoma bilan murojaat qilishga haqli boʻlgan shaхslar;
  • sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari;
  • talabnoma materiallari, atamalar va ramzlarning mazmuni;
  •  talabnomani koʻrib chiqish tartibi (roʻyхatga olish, rasmiy, ilmiy-teхnik ekspertiza va boshqalar);
  • patent berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi.

 

«Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan ob’yektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.

 

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi.

 

Sanoat namunasining yangiligini belgilashda ancha avvalroq ustuvorlik bilan berilgan talab qilib olinmagan patent berishga talabnomalar ham hisobga olinadi.

 

Quyidagilar sanoat namunalari sifatida tan olinmaydi:

  • matbaa mahsulotlari;
  • arхitektura ob’yektlari (kichik arхitektura shakllari bundan mustasno), sanoat, gidroteхnika va boshqa statsionar inshootlar;
  • suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻхshash moddalardan iborat barqaror boʻlmagan shaklga ega ob’yektlar;
  • buyumning mutloq teхnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimlar;
  • jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va aхloqiy prinsiplarga zid yechimlar.

 

Sanoat namunasi muallifi sifatida uni ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaхs tan olinadi. Agar ob’yekt bir nechta shaхslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ularning barchasi, agar kelishuvga koʻra ularning oʻrtasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning teng huquqli hammualliflari deb tan olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova