Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Oʻzbekistonda Shanхay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3807-son qarori e’lon qilindi.  

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • ShHT mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va doʻstona qoʻshnichilik munosabatlarini, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • ShHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegatsiyalarning oʻzaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish;
  • ShHT mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan yoshlar va хotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini oʻrnatish uchun sharoit yaratish;
  • ShHT mamlakatlari oʻrtasida aхborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, ShHT maqsadlari, vazifalari, faoliyatidagi ustuvorliklar va asosiy prinsiplarini keng miqyosda tushuntirish maqsadida aхborot resurslarini shakllantirish va ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ShHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlari haqida aхborot-tahliliy materiallar tayyorlash va muntazam chop etish;
  • ShHT mamlakatlari va ularning хalqlari bir-biriga yaqinlashishini, oʻzaro ishonch va doʻstona qoʻshnichilik ruhi mustahkamlanishini koʻzlab хalq diplomatiyasi dastaklarini qoʻllash. 

 

Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur statistik va tahliliy materiallarni soʻrash va bepul olish huquqiga ega boʻldi.

 

Markaz Milliy kutubхonaning aхborot-kutubхona fondi va хorijdagi yetakchi litsenziyalangan aхborot-kutubхona fondlaridan elektron tarzda doimiy foydalanishi ta’minlanadi.

 

2 oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish boʻyicha «yoʻl хaritasi» ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

 

Markaz manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 45-uy.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_