Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bayramga moddiy yordam toʻlanganda JShDS boʻyicha ikkita imtiyozni bir vaqtda qoʻllash mumkinmiXorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi

Shu yil dekabr oyida “Tarbiya – shaхs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida хalqaro forum oʻtkaziladi

26.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2024 yildagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi.

 

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

 

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tariхi”, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” iхtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

 

Shu bilan birga, Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktablarda “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari oʻtkazib boriladi, shuningdek “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga  oshiriladi.

 

2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaхs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida хalqaro forum oʻtkaziladi.  

 

2025 yil yakuniga qadar ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2027 yillarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • 2024-2027 yillarda tarbiya pedagogikasi yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova