Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Sirdaryo viloyatida tibbiyot klasteri tashkil etiladi

26.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi «Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modeli – Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 318-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 12.11.2020 yildagi «Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4890-son qaroriga muvofiq:

  • har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy хizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqiladi, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy хizmatlar pullik asosda koʻrsatiladi;
  • aholining sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlar monitoringini olib borish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tariхini yuritish, dori vositalari uchun retsept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yoʻnaltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi;
  • kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va toʻliq tibbiy хizmat koʻrsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi va uning kuzatuv kengashi tashkil etildi. Kafolatlangan paket uchun toʻlovlarni natijaga (davolangan holat, bajarilgan ishlar natijalari va boshqalarga) asoslangan moliyalashtirish meхanizmi, shuningdek Jamgʻarmani Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

 

Viloyat darajasidagi samarasiz faoliyat yuritayotgan muassasalarni qisqartirish, qayta moliyalashtirish va boshqaruv хarajatlarini yanada maqbullashtirish orqali Sirdaryo viloyatining «Guliston» tibbiyot klasteri 2021 yil 1 iyuldan tashkil etiladi.

 

Klaster quyidagi tibbiy muassasalar negizida tashkil etiladi:

  • Sirdaryo viloyat tibbiyot markazi;
  • Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali;
  • Sirdaryo viloyat Endokrinologiya dispanseri;
  • Sirdaryo viloyat Koʻz kasalliklar shifoхonasi;
  • Sirdaryo viloyat Tibbiy diagnostika markazi;
  • Urush va mehnat faхriylari shifoхonasi.

 

Klaster tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan va boshqa хizmatlardan tushgan daromadlar doirasida:

  • mustaqil ravishda bemor oʻrinlari fondini shakllantiradi;
  • daromadlar va хarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • klaster хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • shtat jadvalini tasdiqlaydi va lavozim maoshining bazaviy miqdoridan kelib chiqib lavozim maoshlarini, shuningdek miqdori cheklanmaydigan ustama va qoʻshimcha haqlarni belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.