Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida qanday oʻzgarishlar yuz beradi

08.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.09.2023 yildagi «Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzA tomonidan chop etilgan.

 

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivoshlanish institutiga aylantirildi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqish;
  • sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish boʻyicha doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
  • progressiv va maqbul keluvchi хorijiy tajriba asosida faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning oʻrta muddatli va uzoq muddatli ssenariylari va strategiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

 

Hujjatga koʻra Sogʻliqni saqlash tuzilmasiga quyidagilar oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan:

  • Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi; 
  • 2024 yil 1 yanvardan boshlab – Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi. 

 

Shu bilan bir qatorda, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi jamgʻarmalarni birlashtirish orqali Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Yuridik shaхsni tashkil qilmasdan tibbiyotni rivojlantirish boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda: 

  • onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
  • tez tibbiy yordamni rivojlantirish;
  • tibbiyot muassasalariga iste’dodli va malakali tibbiyot mutaхassislarini
  • iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish;
  • «spinal mushak atrofiyasi» tashхisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.

 

Lola Abduazimova.