Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Soliq kodeksining yangi tahririni tayyorlash jadvaldan ortda qolmoqda

24.10.2018

Rus tilida oʻqish


Jurnalistlar bilan uchrashuvda moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov ushbu aхborot bilan oʻrtoqlashdi.

 

Eslatib oʻtamiz, yangi kodeksni tayyorlash muddati ikki marta belgilangan edi. Prezidentning 13.02.2018 yildagi F–5214-son farmoyishida 2018 yil 1 iyulgacha, Prezidentning 29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmonida esa 2018 yil 1 dekabrgacha hujjatni ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi.

 

Spot хabar berishicha, vazir quyidagicha bayonot bergan: «Ochigʻini aytsam, Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishga ulgurmayapmiz. Oldimizda ikkita yoʻl bor. Jahon bankidagi ayrim maslahatchilar kodeksni qabul qilib, soʻng unga yana bir bor 2019 yilda oʻzgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Ikkinchi yoʻli – Konsepsiyada (Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida – tahr.) koʻrsatilgan stavkalarni qabul qilish, ularning bari ishlaydi. Soliq kodeksiga ushbu stavkalar bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritiladi». Uchrashuvda Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish muddati – 2019 yil aprel etib belgilangani ham oldindan ma’lum qilindi.

 

Bunda moliya idorasi rahbari PF–5468-son Farmonda keltirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalari oʻzgartirishsiz qoldirilishini, ularga tuzatish kiritish masalasi kun tartibiga qoʻyilmaganligini qayd etib oʻtdi.

 

Keyingi yili kutilayotgan stavkalar tahlili bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_
Полужирный [ctrl+b]
Курсив [ctrl+i]
Подчеркнутый [ctrl+u]
Зачеркнутый
Надстрочный текст
Подстрочный текст
Текст по левому краю
Текст по центру
Текст по правому краю
Обычный список
Нумерованный список
Цвет текста
Авто
Размер текстаРазмер текста
Очень маленькийМаленькийНормальныйБольшойОчень большой
Изображение [ctrl+shift+1]
Цитата [ctrl+shift+3]
[bbcode]