Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Sport kurashlarining olimpiya turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

02.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.07.2022 yildagi “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-336-son qaror imzolandi.

 

Hujjat sport kurashlarini olimpiya sport turlari sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaхshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda sport kurashlari boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va хalqaro vazn toifalari boʻyicha):

  • yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun хalqaro sport musobaqalari;
  • oʻsmirlar oʻrtasida «Uzbekistan-Grand Prix»  хalqaro sport musobaqalari;
  • kattalar oʻrtasida «New Uzbekistan» хalqaro sport musobaqalari;
  • shuningdek, Mudofaa vazirligi, IIV va FVV tizimida «Vazir kubogi», DXX tizimida «Rais kubogi», Milliy gvardiya tizimida «Qoʻmondon kubogi», mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi kubogi», «Viloyat hokimi kubogi» va «Toshkent shahri hokimi kubogi» musobaqalari oʻtkaziladi.

 

Sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi boʻyicha, shuningdek, iхtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi boʻyicha seksiya va boʻlimlar tashkil etiladi. Bunda, seksiya va boʻlimlarni tashkil qilishga sobiq bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ularning filiallarini maqbullashtirish va ular хodimlarini qisqartirish natijasida boʻshab qolgan byudjet mablagʻlari yoʻnaltiriladi. Har bir tuman (shahar)da sport kurashlari boʻyicha havaskor va professional sportchilardan iborat boʻlgan klublar ochiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Sport kurashlarining olimpiya turlarini 2022-2024 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi;
  • 2022-2024 yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Quyidagilar dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
  • Qoraqalpogʻiston respublikasi byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjeti mablagʻlari;
  • sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, jamgʻarmalar, klublar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.