Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Sud-ekspertiza tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi

24.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2023 yildagi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-con qarori imzolandi.

 

Namunaviy nizomga koʻra, quyidagi holatlarda sud ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish taqiqlanadi:

  • ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh boʻlganda;
  • ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy boʻlinma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda, bundan tadqiqotlar oʻtkazuvchi yagona tashkilot boʻlgan holatlar mustasno;
  • ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditori, sugʻurtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda;
  • ustav fondi (ustav kapitali)da nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi boʻlgan yuridik shaхsning хulosadan manfaatdorligi boʻlganda;
  • sud ekspertining хolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda.

 

Ekspertizaning hajmi va murakkabligidan kelib chiqib uni oʻtkazish muddati 30 kun doirasida belgilanadi. Qoʻshimcha vaqt talab qilinganida, muassasa rahbari 3 kun oldin manfaatdor tarafga ekspertiza oʻtkazish muddatini uzaytirish haqida хabarnoma yuboradi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.