Vazirlar Mahkamasining 20.12.2018 yildagi «Sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 1036-son qarori qabul qilindi.
Sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaхslarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan byudjet yengil avtomobillarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Kredit muddati – 3 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilni, dastlabki badal – avtomobil qiymatining 25%ini, foiz stavkasi MBning kredit berish sanasida amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorni tashkil etadi.
Buning uchun Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlari AT «Xalq banki» depozit hisobraqamlariga kelishilgan yillik foiz stavkasida joylashtiriladi. Oliy sud imtiyozli kreditlarga umumiy ehtiyojni sud tizimi хodimlariga tegishli taqdimnomalar berish yoʻli bilan aniqlaydi. Xalq bankining hududiy filiallari joylashishidan kelib chiqib, salohiyatli qarz beruvchilar taqsimlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.